Iste’molchining qonuniy huquqi tiklab berildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga «Qashqar» MFYda yashovchi fuqaro Sh. A. xonadonidagi suv hisoblagich moslamasi mutaxassis tomonidan qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish uchun yechib olib ketilgandan so‘ng uni qayta o‘rnatish jarayonida hisoblagich qiyoslash ko‘rigidan o‘tganligini tasdiqlovchi sertifikati taqdim etilmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaat egasiga ko‘ra, xonadondagi hisoblagich “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Marg‘ilon shahar filiali nazoratchilari tomonidan yechib olib ketilgan va qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilgach xonadonga qayta o‘rnatish vaqtida uning qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilmagan. Iste’molchi yuqoridagi holat yuzasidan ma’sullarga murojaat qilganida, elektron baza ishlamayotganligi sababli sertifikat iste’molchi xonadoniga keyinchalik yetkazib berilishi va’da qilingan bo‘lsada, o‘rganish kuniga qadar mazkur va’da bajarilmay kelganligi. Shundan so‘ng u Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyatiga mazkur masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan suv ta’minoti idorasi mas’ullari bilan uchrashilib, ularga yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘rganish ishlari davomida iste’molchining xonadoniga suv hisoblagich tegishli tartibda o‘rnatildi hamda uning qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi sertifikat iste’molchiga taqdim qilindi.
Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий