Iste’molchi huquqlari qonun doirasida himoya qilindi

Iste’molchi huquqlari qonun doirasida himoya qilindi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Yangiyo‘l» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi X.J. ning xarid qilingan telefon apparatidan foydalanilishi jarayonida nuqsonlar kuzatilgani, sotuvchi tomoni esa uning bu boradagi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, u tuman markazidagi “Texnomart” kredit savdo do‘konidan, qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan, 741 600 so‘mga “Novey S70R Black” markali qo‘l telefonini xarid qilgan. Lekin undan foydalanishi jarayonida nuqsonlari mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Telefonni savdo do‘koniga olib kelganida esa sotuvchi tomoni uni turli vajlar bilan uni ko‘p bora ovora qilishgan. Ushbu harakatlaridan naf chiqmayotganligini ko‘rgan iste’molchi Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaat tuman jamiyati hamda kredit savdo do‘koni mutaxassislari hamkorligida o‘rganilganida, iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlarning asosli ekanligi ma’ulm bo‘ldi. O‘rganish ishlari davomida nosoz telefon apparati servis markazi tomonidan bepul ta’mirlatilib, iste’molchi qo‘liga soz holatda topshirilishiga erishildi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий