Federatsiya tashabbusi asosida Farg‘ona viloyatida ham bir qator ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda
Mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat va jamiyat ishlaridagi ishtirokini faollashtirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham ana shu yaratib berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda aholining iste’mol madaniyatini va iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Federatsiya tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalar asosida respublikamizning turli hududlarida bunyod etilayotgan «Iste’molchilar uyi» ma’muriy komplekslari shular jumlasidandir.
Shu kunga qadar Federatsiyaning yuqoridagi tashabbusi asosida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri, Oltiariq, Rishton, Farg‘ona, Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlarida bir qator loyihalar amalga oshirilgan. Ayni vaqtda federatsiyaning ushbu loyihasi asosida Dang‘ara tumanidagi «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksining qurilish ishlari yakunlanish arafasida bo‘lsa, Bag‘dod tumanida esa bu borada ishlar jadal sur’atda olib borilmoqda.
Federatsiya raisi o‘rinbosari-ijrochi direktori Jamshid Hamroev viloyatning Dang‘ara va Bag‘dod tumanlarida olib borilayotgan qurilish ishlari, Rishton tumanidagi «Iste’molchilar uyi» faoliyati bilan tanishdi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий