Kursga pul to‘lab, fikringizdan qaytdingizmi? Pulni qaytarib olish mumkinmi?

Kursga pul to‘lab, fikringizdan qaytdingizmi? Pulni qaytarib olish mumkinmi?

Bugun ko‘pchilik til, IT, kasb-hunar yoki boshqa o‘quv kurslariga oldindan to‘lov qiladi. Ammo keyinchalik turli sabablar bilan kursni davom ettirishni istamasligi mumkin.

Bunday vaziyatda to‘langan pulni qaytarib olish mumkinmi?

Bu savolga javob berishda kursning boshlangan yoki boshlanmagani, amalda qancha xizmat ko‘rsatilgani, shartnoma shartlari va xizmat sifati muhim ahamiyatga ega.

Ushbu videoroligimizda:

— kurs hali boshlanmagan bo‘lsa, nima qilish mumkinligi;
— kursning bir qismida qatnashilgan bo‘lsa, hisob-kitob qanday amalga oshirilishi;
— xizmat sifati kutilganidek bo‘lmasa, iste’molchi qanday talablar qo‘yishi mumkinligi;
— pulni qaytarish uchun qanday amaliy qadamlar tashlash kerakligi haqida sodda va tushunarli ma’lumot beramiz.

Esingizda tuting: kurs uchun pul to‘lashdan oldin shartnomani o‘qing, to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlang va «pul qaytarilmaydi» degan shartga duch kelsangiz, uning qonuniyligini aniqlashtiring.

Savodxon iste’molchi — o‘z huquqini biladigan iste’molchi!

Отправить комментарий