Savodxon iste’molchining 7 odati (infografika)
Xarid qilayotganda shunchaki pul to‘lashning o‘zi yetarli emas. Savodxon iste’molchi har bir xarid oldidan muhim jihatlarni tekshiradi va o‘z huquqlarini biladi.
Chek oladi — xaridni tasdiqlovchi muhim dalilni saqlab qo‘yadi.
Shartlarni o‘qiydi — shartnoma, kafolat va foydalanish qoidalarini diqqat bilan ko‘rib chiqadi.
Narxlarni solishtiradi — xarid qilishdan oldin turli takliflarni taqqoslaydi.
Tovar ma’lumotini tekshiradi — mahsulotning muhim xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi va boshqa ma’lumotlarga e’tibor beradi.
Kafolatni so‘raydi — kafolat muddati va shartlarini oldindan aniqlashtiradi.
Shoshilib pul o‘tkazmaydi — sotuvchi va taklifning ishonchliligini tekshirgach, to‘lovni amalga oshiradi.
Huquqini biladi — muammo yuzaga kelganda o‘z qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiladi.
Esingizda tuting: savodxon iste’molchi — o‘z manfaatlarini biladigan, xaridga mas’uliyat bilan yondashadigan va huquqlarini himoya qila oladigan iste’molchidir!



Отправить комментарий