Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh jamoatchilik vakillari taqdirlandi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir guruh jamoatchilik vakillari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh Farg‘ona viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi viloyat hokimligida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mukofotlar viloyat hokimi o‘rinbosari Qo‘ldashev Burhon Xudoyberdievich tomonidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Taqdirlanganlar orasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Rahmonaliev hamda hududiy birlashma raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘ayratjon Mamatkulov ham bor.

Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari jamoalari nomidan esdalik nishoni sohiblarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz. Ularga mamlakatimiz taraqqiyoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va jamoatchilik manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi faoliyatlarida mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va omad tilaymiz.

Отправить комментарий