Minnatdor bo‘lishdi

Minnatdor bo‘lishdi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tizimli hal qilish, sohaga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish maqsadida tumandagi barcha tashkilot, korxona va muassasalarda uchrashuvlar, davra suhbatlari, o‘quv seminarlar o‘tkazib kelmoqdalar. Natijada fuqarolar tomonidan og‘zaki va yozma murojaatlar qilinib, muammolariga o‘z vaqtida yechim topmoqda.

Tumandagi Mirzaxo‘ja qishlog‘ilik fuqaro R. Tagirov ham mahallasidagi ichimlik suvi ta’minotidagi yetishmovchiliklar bo‘yicha jamiyatga yozma ariza bilan murojaat qildi. Uning murojaati jamiyat va “Farg‘ona suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganuv davomida tumandagi Gul qishlog‘ida joylashgan ichimlik suvi inshootidan Mirzaxo‘ja qishlog‘idagi mahallalarga ichimlik suvi yetkazib berilishi, mavjud ichimlik suv qudug‘iga yangi ESV-8-40-90 markali ichimlik suvi nasosi o‘rnatilganligi, Mirzaxo‘ja qishlog‘i aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 120 metrli VPP kabeli hamda ichimlik suvi minorasi ishga tushirilib, 35 metrli suv ko‘tarish trubasi suv qudug‘iga o‘rnatilganligi, ushbu quduqdan barcha xonadonlarga toza ichimlik suvi tarmog‘i kiritilganligi aniqlandi. Ko‘chaga o‘rnatilgan ichimlik suvi nuqtalaridan aholi foydalanmaganligi va ushbu suvga berkitish jo‘mraklari o‘rnatilmaganligi sababli isrofgarchilikning oldini olish hamda aholi xonadonlaridagi suv bosimini kuchaytirish maqsadida “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ tuman bo‘limi chilangarlari tomonidan berkitilganligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatlari ijobiy yechim topganidan xursand bo‘lgan mirzaxo‘jaliklar soha xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Nargizaxon ShERALIEVA
Uchko‘prik tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий