O‘rganish natijalari nimani ko‘rsatmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Axborot Agentligi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida qurilib foydalanishga topshirilgan va bugungi kunda qurilish ishlari davom ettirilayotgan (bino, inshoot, turar joy binolari, yengil turdagi qurilmalar, vaqtinchalik qurilmalar) qurilish ob’ektlarida qurilish normalari va qoidalari, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini o‘rganish bo‘yicha hududiy birlashmaning jamoatchilik nazorati tartibida ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari nimalarni ko‘rsatdi?
“Far Kenagas” KMK MChJ Mullazoir massivida olib borilayotgan 2 ta 5 qavatli uy-joylarni qurish ishlarida band ishchilarni maxsus kiyimlar va maxsus bosh kiyim (kaska), himoya kamarlari bilan ta’minlamagan. Bu holat tuman hududida qurilish ishlari olib borayotgan “Kenagas mukammal qurilish” xususiy firmasi, «Dang‘ara maxsus suv pudrat» xususiy firmasi, “Qo‘qon agro qurilish” MChJ, “Uch-Binokor” MChJ, «Vodiy savdogar parvozi» MChJ, “Farg‘ona Difin” xususiy korxonasiga qarashli ob’ektlarda ham kuzatildi.
Amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra, aholi foydalanishi uchun barpo etiladigan bino va inshootlarga barchaning birdek kirib chiqa olishiga imkoniyat yaratib berish maqsadida, nogironlar uchun maxsus yo‘lak (pandus) ham avval boshdan qurilish ishlari loyihasiga kiritilishi lozim. Lekin o‘rganish ishlari bilan qamrab olingan hamda bugungi kunda qurilish ishlari olib borilayotgan “Far Kenagas” KMK MChJ, “Kenagas mukammal qurilish” xususiy firmasi, “Qo‘qon agro qurilish” MChJ, «Vodiy savdogar parvozi» MChJ, “Farg‘ona Difin” xususiy korxonalari tomonidan olib borilayotgan qurilish ob’ektlarida maxsus yo‘lak (pandus)larning loyihada ham nazarda tutilmaganligi kuzatildi.
“Kenagas mukammal qurilish” xususiy firmasi tomonidan Mullazoir massivida olib borilayotgan ko‘p qavatli uylarni qurish ishlarida binoning birinchi qavatidagi xonadonlardagi elektr tarmoqlarini montaj ishlari belgilangan tartibda bajarilmayotganligi kuzatildi.
«Dang‘ara maxsus suv pudrat» xususiy firmasi tomonidan 11-maktabgacha ta’lim muassasasi binosini mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonlari kuzatilganda binoning texnik holati bo‘yicha Qurilish vazirligi huzuridagi Farg‘ona viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspesiyasi tomonidan texnik holati bo‘yicha xulosallar berilganligi, texnik xulosasiga ko‘ra, binoning QMQ 2.01.03.-96 (qurilish meyoriy qoidalari) zilzilaviy xududlarda qurilishning 3.5-bandi talablariga javob berishligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, hozirgi binoning demontaj ishlarida seysmik boylamlari bo‘lmaganligi kuzatildi. Qo‘shimcha qurilayotgan binolarning asos qismidagi beton qoplamalarini quyishdan oldin bajariladigan saqichli namlikdan himoyalash qoplamalri yotqizilmaganligi kuzatildi.
Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasi Pochta bo‘limi ro‘parasida fuqaro Karimov Faxriddin tomonidan 3 qavatli, hozirda faoliyat turi noma’lum bo‘lgan bino qurib bitqazilmoqda. Binoning qurilishida tegishli tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlar rasmiylashtirilmagan, ya’ni noqonuniy ravishda amalga oshirilmoqda.
“Nurli davr” MChJ Mullazoir massivi hududida joylashgan tuman zaxira yer maydonlari hisobidan 2021 yilda aholini uy-joyga muhtoj qatlamini uy-joy bilan ta’minlash uchun 4 dona 5 qavatli 160 ta xonadondan iborat turar-joy binolari qurilishi uchun jami 0,50 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, turar joylarni qurish ishlari boshlanib beton qismi quyilgan bo‘lsada, hozirgi kunda ishlar to‘xtatilganligi kuzatildi.
O‘rganish ishlari doirasida qurilish ob’ektlari mas’ullariga va fuqarolarga har bir fuqaro qulay hayot faoliyati muhitiga bo‘lgan huquqqa ega ekanligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablariga, yong‘inga qarshi hamda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiena normativlariga rioya etilishi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi shakllarida va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий