Quvasoy shahrida huquqiy savodxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Quvasoy shahrida huquqiy savodxonlik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shahardagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida aholining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga doir davra suhbati o‘tkazildi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi xizmatchilari ishtirokida o‘ktazilgan mazkur tadbirda shahar jamiyati ijro etuvchi apparati raisi Sh.Qoraboev hamda jamiyat mas’ul xodimi A.Rasulovlar tomonidan tadbir kun tartibidagi masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Davra suhbati juda qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

Ahadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий