Xarid qilingan mobil qurilmadagi kichik nuqson bartaraf etilib, shartnoma o‘z kuchida qoladigan bo‘ldi
Rishton tumani «Saroy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Q.X. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, o‘zi tomonidan muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan mobil telefon apparati sotuvchiga qaytarilgan bo‘lsada, uning bank plastik kartasidan pul yechilganligi holati yuzasidan qoldirgan shikoyati savdo amalga oshirilgan joyning hududiy tegishliligi bo‘yicha Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatchiga ko‘ra, u Bag‘dod tumanidagi «Texnomart» savdo do‘konidan umumiy qiymati 8 737 350 so‘m bo‘lgan Samsung rusumli mobil qurilmani muddatli to‘lov shartlarida xarid qiladi. Lekin mobil qurilmada nuqson (o‘z-o‘zidan qizib ketish) kuzatilgach sotuvchiga qaytarib topshiradi. Lekin bu orada uning bank kartasidan muddatli to‘lov grafigi doirasidagi mablag‘ yechib olinadi. Iste’molchi ushbu holatda telefon apparati sotuvchiga topshirilgani, ya’ni undan foydalanmayotgan bo‘lsada, nega mablag‘ yechib olindi, mazmunida Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qiladi.
Murojaat savdo do‘koni mas’ullari ishtirokida o‘rganilganda, iste’molchi haqiqatan ham ushbu do‘kondan muddatli to‘lov shartnomasi asosida Smart Samsung Galaxy A73 mobil qurilmasini xarid qilganligi, nuqson kuzatilgandan so‘ng qaytarib olib kelingan telefon apparati ishlab chiqaruvchining rasmiy servis ustaxonasiga tekshirishdan o‘tkazilib, lozim holatda ta’mirlash ishlari bajarilishi uchun yuborilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari advomida mobil qurilma servis ustaxonasidan keltirilib, iste’molchiga soz holatda topshirildi. Iste’molchi esa o‘z navbatida uni qabul qilib olib, plastik kartasidan yechilgan mablag‘ muddatli to‘lov uchun yo‘naltirilishiga roziligini bildirdi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
(illustrativ foto)
Отправить комментарий