Sifati ma’qul bo‘lmagan qurilma maqbul sifatdagisi bilan almashtirildi
Farg‘ona shahrining Jo‘ydam ko‘chasida yashovchi Q.A.ning xarid qilingan mobil qurilmani sifatsiz chiqqanligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Iste’molchi murojaatida shaharning Qirguli mavzesida joylashgan «Ishonch» kredit savdo do‘konidan «Honor» rusumli mobil qurilmani 5 600 000 so‘mga tovar qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilganligini, lekin undan foydalanish davomida telefonning ish sifati iste’molchiga ma’qul bo‘lmaganligini, bu borada sotuvchiga qilgan murojaati ham ijobiy yechim topmagach, muammoni hal qilinishida amaliy yordam so‘rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilganligini bayon qiladi.
O‘rganish ishlari doirasida savdo do‘koni mas’ullari bilan murojaatni iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari asosida hal qilish borasida muzokaralar olib borildi. Muzokaralar esa ijobiy natija berib, iste’molchining qo‘lidagi mobil qurilmani xuddi shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagisi bilan almashtirib berilishiga erishildi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
(illyustrativ foto)
Отправить комментарий