Asossiz qarzdorlik sud tartibida bartaraf qilindi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.A.ning o‘ziga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlikka oydinlik kiritilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarodan chiqindilarni olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «MAXSUS GARANT AVTO SERVIS» MChJ foydasiga 412500 so‘m asosiy qarz va 16500 so‘m pochta harajati hamda 330000 so‘m davlat bojini undirish haqida sud buyrug‘i chiqarilgan.
Murojaat asosida tuman jamiyati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar yakunlari bilan iste’molchi M.A.nomidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga E’tiroznoma kiritildi. Ishni sudda ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra E’tiroznoma qanoatlantirilib, sudning 21.08.2023 yilda chiqargan Ajrimiga ko‘ra 2-1501-2206/71403-sonli sud buyrug‘i bekor qilindi.
Farxodjon Rasuljonov,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Отправить комментарий