Iste’molchining pul mablag‘i to‘liq qaytarilishiga erishildi

Iste’molchining pul mablag‘i to‘liq qaytarilishiga erishildi

Rishton tumani «Dorul-Omon» MFY hududida yashovchi M.D.ning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushgan murojaati Rishton tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Murojaatida iste’molchi tumandagi qurilish tashkilotlaridan birida rahbar bo‘lib ishlovchi F. ismli shaxsga qurilayotgan yangi uylardan birini xarid qilish uchun 5000 AQSh dollariga teng qiymatdagi pul mablag‘ini berganligini, lekin u shaxs oradan ma’lum vaqt o‘tgach unga uyni bermasdan pulini qaytarmoqchi bo‘layotganligini ma’lum qilib, masalaga oydinlik kiritilishi va hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

O‘rganish ishlarida murojaatda ko‘rsatilgan shaxs bilan uchrashilganda u hech qanday qurilish tashkiloti rahbari emasligi, balki vositachilik (maklerlik) faoliyati bilan shug‘ullanishi, yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi pul mablag‘ini olganligini, uy qurib bitkazilayotganligi sababli murojaat egasiga yana 5000 AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdorda pul berishi kerakligini aytganligini, lekin u bu pulni berishni istamayotganligini, qurib bitkazilayotgan uyga boshqa xaridorlar borligidan kelib chiqqan holda iste’molchiga pulni qaytarib bermoqchiligini ma’lum qildi.

O‘rganish davomida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti o‘tkazilib, iste’molchi va makler o‘rtasida muzokaralar olib borildi. O‘rganish yakunlari bilan ikki tomon olingan pul mablag‘ini valyuta kurslarida bo‘lgan o‘zgarishlarni kompensasiya qilish yo‘li bilan qaytarilishiga kelishib oldilar. Iste’molchining pul mablag‘i unga to‘liq qaytarilib, murojaat ijobiy hal etilishiga erishildi.

Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Отправить комментарий