Kafil bank kartasidan asossiz yechib olingan mablag‘ qaytarildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida O‘zbekiston tumani «Qirqketmon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.J.ning tanishi N.A. shahardagi kredit savdo do‘konidan iste’mol krediti shartlarida xarid qilgan kondisioneri uchun kafil bo‘lgani, kredit to‘liq so‘ndirilgan bo‘lsada, uning plastik kartasidan 2 668 000 so‘m pul yechib olingani xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda N.A. tomonidan xarid qilingan maishiy texnikani iste’mol krediti shartlarida xarid qilish shartnomasiga uning tanishi Sh.J. kredit oluvchi to‘lovni kechiktirgan holatda to‘lovlarni undirish ishlari uning bank kartasiga qaratilishiga rozi bo‘lib, kafil sifatida imzo qo‘yganligi, orada N.A. tomonidan to‘lov kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilib, keyinchalik bartaraf qilingan va kredit to‘liq so‘ndirilgan bo‘lsada, operator tomonidan kartadan pullarni avtomatik yechib olish dasturiga bu haqda tegishli topshiriq (komanda) berilmaganligi natijasida Sh.J.ning plastik kartasiga pul kelib tushishi bilan avtomatik pul yechib olish holatiga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, kafilning bank kartasidan asossiz yechib olingan pul mablag‘i to‘liq qaytarilishiga va yuzaga kelgan muammoni iste’molchi foydasiga hal etilishiga erishildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий