Yozyovonda tibbiyot xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yozyovonda tibbiyot xodimlari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yozyovon tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari va uning mazmun-mohiyati, qonun ijrosini ta’minlashda davlat boshqaruvi idoralari va jamoat tashkilotlarining tutgan o‘rni va roli, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushuntirish va axborotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohaza ham takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Post Comment