Farg‘ona shahar jamiyati aralashuvi bilan muammo tezkorlikda yechim topdi

Farg‘ona shahar jamiyati aralashuvi bilan muammo tezkorlikda yechim topdi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Sadaf ko‘chasida yashovchi B.T.ning muddatli to‘lov shartlarida 18 915 000 so‘mga xarid qilgan maishiy texnika buyumlari jamlamasidagi kir yuvish mashinasida nuqsonlar yuzaga kelgani hamda sotuvchi va servis markazi tomonidan nuqsonlarni bartaraf etib berish ishlari cho‘zib yuborilayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida bildirishicha, u 2025 yilning yanvar oyi boshida shahardagi «Munis» kredit savdo do‘konidan maishiy texnika buyumlari jamlamasi, ya’ni Samsung WW80A6524AN/LP rusumli kir yuvish mashinasi va Avalon VCB2244R RED rusumli chang yutgichni muddatli to‘lov shartlarida xarid qilgan. Biroq fevral oyi boshlariga kelib kir yuvish mashinasida nuqsonlar yuzaga kela boshlagach, savdo do‘koniga, so‘ngra ushbu rusumdagi maishiy texnikaga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi markazga murojaat qilgan bo‘lsada, kafolat muddati ichida yuzaga kelgan nuqsonni bepul bartaraf etib berish ishlari turli vajlar bilan cho‘zib kelinayotganligini bildirib, masalani o‘rganib chiqilishi va ijobiy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Murojaatni o‘rganish doirasida masalaga shahar jamiyati mutaxassislari aralashuvi hamda mas’ullarga amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha olib borilgan tushuntirish ishlari bilan yuzaga kelgan muammoni tezkorlikda bartaraf etib berish ishlari olib borildi hamda iste’molchining kir yuvish mashinasi soz holatga keltirib berildi.

Mansurjon Toshkanov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment