Oltiariqda tibbiyot tashkilotlari xodimlari o‘rtasidagi targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda
Oltiariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan hududdagi tibbiyot tashkilotlari xodimlari bilan uchrashib, ularga iste’molchilarga xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash, qonunchilik bilan xizmat ko‘rsatuvchiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘laqonli ado etish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. Qiziltepa oilaviy shifokorlik punktida tashkillangan tadbir ham shu kabi tadbirlarning mantiqiy davomidir.
Targ‘ibotning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan mamlakatimiz iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida, kundalik turmush jarayonida tibbiy xodimlarning o‘zlari ham iste’molchi ekanligi, huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
O‘tkazilgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan javob oldilar. Tuman jamiyati bu boradagi targ‘ibot tadbirlarini davom ettirmoqda.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment