Tayanch guruhlari faollari ishtirokida tadbirlar o‘tkazib borilmoqda
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan jamiyatning joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida, tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lar xodimlarining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Federatsiyaning shahardagi tayanch guruhlari faollari o‘rtasida turli shakllardagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Shahardagi 11 hamda 12-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkillangan tadbirlar ham xuddi shunday tadbirlardandir.
Tadbirlarda Federatsiya faollariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi yangiliklar, iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, tizim tashkiotlari tomonidan iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash natijalari, davlat nazorati idoralari bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalaridagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilishi barobarida, tashkilotlar xodimlarining iste’mol sohasiga oid bo‘lgan hamda qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlari ham qayd qilib borilmoqda. Marg‘ilon shahar jamiyati bu boradagi tadbirlarini tizimli asosda davom ettirmoqda.
Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment