Iste’molchi sifatiga e’tiroz bildirgan smartfon sotuvchi tomonidan qaytarib olindi

Iste’molchi sifatiga e’tiroz bildirgan smartfon sotuvchi tomonidan qaytarib olindi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «A.Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.Yu.ning shartnoma qiymati 9 073 000 so‘m bo‘lgan mobil qurilmani muddatli to‘lov asosida xarid qilganligi va undan foydalanishda nuqsonlar aniqlanib, muammolarga duch kelganligi masalasidagi murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida ma’lum qilishicha, Samsung A55 rusumli mobil qurilmani «Ishonch» do‘konlar tarmog‘i Toshloq filialidan muddatli to‘lov shartlarida sotib olgan. Telefondan foydalanishi davomida unda tez qizib ketish, quvvatning tez tugab qolishi kuzatilayotganligi kabi vajlar bilan sotuvchiga murojaat qilgan. Sotuvchi uni Farg‘ona shahridagi servis markaziga yo‘llagan. U yerda qurilma ko‘zdan kechirilib, iste’molchiga mazkur qurilmani O‘zbekiston mintaqasi uchun emas, balki arab mamlakatlari mintaqasi uchun ishlab chiqarilganligi, shu sababli bunday qurilmaga ko‘rsatiladigan xizmatlar pulli asoslarda bo‘lishi tushuntirilib, qo‘liga Xulosa xati chiqarib berilgan.

O‘rganish ishlari davomida olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasi bilan, shuningdek ushbu masalada sotuvchiga kiritilgan so‘rovga olingan javob xatiga ko‘ra Samsung A55 8/256 Awesome Lilac rusumidagi smartfonni Toshkent shahridagi servis markazida tekshirishdan o‘tkazilganda mahsulotda hech qanday nosozlik aniqlanmagani, shunday bo‘lsada telefon apparati Toshkent shahridan yetkazib kelinishi bilan iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishi va qaytarib olinishi to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lum qilindi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment