Targ‘ibot hamda jamoatchilik nazorati tadbirlari

Targ‘ibot hamda jamoatchilik nazorati tadbirlari

Federatsiyaning viloyatdagi tashkilotlari tomonidan o‘z hududlarida o‘tkazib borilayotgan aholi vakillarining huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirish hamda amaldagi qonunchilik talablarini ta’minlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha tadbirlari davom etmoqda. Toshloq hamda O‘zbekiston tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Toshloq tumani

Tumandagi 16-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan «Yuksak iste’mol madaniyati sari» tadbirida mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek tizim tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilishi va hal qilinishi natijalari yuzasidan misollar tarzida axborotlar berib o‘tildi hamda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.

O‘zbekiston tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hudud aholisiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish ishlarida amaldagi tartib qoidalarga, me’yorlar va yetkazib berish jadvallariga rioya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuvlar o‘tkazib borilmoqda. Xususan, tumanning «Daxanaqaqir» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi (iste’molchilar)ga suyultirilgan uglevodorod gazini tarqatilishi jarayonlari yuzasidan o‘tkazilgan kuzatuv shular jumlasidan hisoblanib, uning doirasida yetkazib beruvchi va aholi vakillariga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borildi.

Post Comment