Kondisionerda yuzaga kelgan nuqson bartaraf etib berildi
Kondisionerlar kafolat muddati belgilanishi lozim bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlari turkumiga kiritilib, texnik jihatdan murakkab maishiy tovar hisoblanadi. Bunday tovarlarning esa ushbu muddat mobaynida ishlab chiqaruvchi tomonidan normal ishlashi (qo‘llanilishi, ulardan foydalanilishi) ta’minlanishi shart. Kafolat muddati ichida aniqlangan nuqsonlar (agar nuqson iste’molchining aybi bilan yuzaga kelmagan bo‘lsa) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) tomonidan qonunda belgilangan muddatlar ichida bepul bartaraf etilishi kerak.
Qo‘qon shahrining Ko‘kto‘nli ota ko‘chasida yashovchi T.M. ham 14 000 000 so‘m «Zifler» rusumli kondisionerni shartnoma qiymatini 3 oy davomida bo‘lib to‘lash shartlarida sotib olganidan so‘ng tovarda kafolat muddati ichida nuqson yuzaga kelgan. O‘z kuchi bilan ushbu nuqsonni qonunda belgilangan tartibda bartaraf etib berilishiga erisha olmaganidan so‘ng Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qoldirgan.
Murojaat Federatsiyaning Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida mazkur rusumdagi maishiy texnika buyumlariga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi markaz ustalarini jalb qilgan holda kondisionerda nuqson yuzaga kelishiga uning platasi kuyganligi sabab bo‘lganligi aniqlanib, u almashtirildi va kondisioner soz holatda iste’molchiga topshirildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.



Post Comment