Qo‘shtepadagi ta’lim muassasasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qo‘shtepadagi ta’lim muassasasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid bo‘lgan mavzularda targ‘ibot tadbirlari o‘ktazib borilmoqda. Shunday tadbirlardan yana biri 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi ishtirokida o‘tkazildi.

“Iste’molchilar huquklarini bilash – adolatli jamiyat sari qadam» mavzusida o‘ktazilgan mazkur tadbirda amaldagi qonunchilik va sohaga oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar yetkazildi. Sohaga oid qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish hamda aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish ishida davlat tashkilotlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarining o‘rni va ahamiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tilib, tashkilot jamoasini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Tadbirlar doirasida Federatsiya va uning hududiy organlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarib borilmoqda.

Post Comment