Iste’molchining yangi avtomashinadagi nuqson yuzasidan bildirgan e’tirozi o‘rganib chiqildi

Iste’molchining yangi avtomashinadagi nuqson yuzasidan bildirgan e’tirozi o‘rganib chiqildi

Buvayda tumanida yashovchi B.S. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, Qo‘qon shahridagi avtosalondan 07.11.2025 yil kunida xarid qilgan «Onix» rusumli yangi avtomashinada nuqson mavjudligini, mazkur muammoni qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Murojaat hududiy tegishliligi bo‘yicha Federatsiyaning Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida iste’molchi yangi avtomashinaning dvigatel qismida muammo mavjudligini, bu borada salon xodimlariga murojaat qilib ijobiy natijaga erisha olmaganligini qo‘shimcha qildi.

O‘rganishda yuzaga kelgan holat va uni bartaraf etilishi borasida «Qo‘qon avtosavdo» MChJga so‘rov xati kiritildi. Uning asosida o‘tkazilgan ishlar davomida avtomashina mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazildi hamda iste’molchi tomonidan e’tiroz bildirilgan avtomashinaning dvigatel qismidagi nosozlik holati avtomobilga moylash materiallarini lozim darajada quyilmaganidan kelib chiqqanligi aniqlanib, ushbu nuqson tezkorlikda bartaraf etib berildi.

Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment