Sotuvchilar oziq-ovqat mahsulotlarini sotish jarayonida ishlab chiqaruvchi tomonidan begilangan saqlash shartlariga amal qilishlari lozim

Sotuvchilar oziq-ovqat mahsulotlarini sotish jarayonida ishlab chiqaruvchi tomonidan begilangan saqlash shartlariga amal qilishlari lozim

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, oziq-ovqat tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchi esa oziq-tovarini iste’molchiga sotilgunga qadar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilgan holda saqlanishini ta’minlashi lozim. Aks holda oziq-ovqat tovari muddatidan oldin yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin.

Yozyovon tumanida xuddi shunday holatlardan biriga duch kelindi. Shu tumanda yashovchi R.I. sotuvchi N.J.ga qarashli savdo do‘konidan 310 000 so‘mga xarid qilib uyiga olib kelgan bir qop un mahsuloti non tayyorlash uchun ochib ko‘rilganda uni saqlash shartlariga amal qilinmagani oqibatida un mahsuloti sifatsiz holga kelganligi ma’lum bo‘lgan.

Iste’molchining ushbu masalada tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaatini o‘rganish ishlari davomida sotuvchiga qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, sifatsiz un sotuvchiga qaytarilib, iste’molchi maqbul sifatdagi un bilan ta’minlandi.

Shavkatjon Saidov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment