Iste’molchi nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarilgan avtomobil uchun to‘lagan oldindan to‘lov summasini qaytarib oldi

Iste’molchi nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarilgan avtomobil uchun to‘lagan oldindan to‘lov summasini qaytarib oldi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shahardagi avtosalondan shartnoma qiymatining 173 200 000 so‘mini oldindan to‘lash, summaning qolgan qismini esa 3 yil davomida bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan Jetour x90 rusumli avtomobilni nuqsonlari sabab sotuvchiga qaytarilgani, lekin to‘langan pullarni qaytarib berilishi paysalga solib kelinayotganligi xususidagi murojaat o‘rganildi.

Oltiariq tumanilik M.A.ning manfaatlarini himoya qilishni ko‘zlab qilingan mazkur murojaatni o‘rganish ishlari uning ishonchnomasi asosida harakatlarni amalga oshiruvchi S.K. ishtirokida olib borilib, unda keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi isbotini topdi. Murojaatda avtomashina 2025-yilning 27-martida yuqoridagi shartlarda xarid qilingani, lekin nuqsonlari sabab shu yilning 15-iyulida sotuvchiga qaytarilgani bayon qilinadi.

O‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borilib, avtosalon ma’muriyati bilan yuzaga kelgan holat yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uning natijalari bilan esa avtomashina uchun oldindan to‘lov shaklida to‘langan 173 200 000 so‘m pul summasini iste’molchi M.A.ga to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment