Ta’minotchilar aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish muddatlariga amal qilyaptilarmi?

Ta’minotchilar aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish muddatlariga amal qilyaptilarmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 avgustdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan «Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tartibi to‘g‘risida nizom»ning 4-bandiga ko‘ra, «Gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilar bilan birgalikda bitta iste’molchi uchun kamida bir oyda bitta maishiy gaz balloni (20 kg) yetkazib berish hamda texnologik yo‘qotishlarning tabiiy kamayishini hisobga olgan holda joriy yil 1 iyulgacha kelgusi yil uchun suyultirilgan uglevodorod gazini iste’mol qilishning prognozlashtiriladigan hajmini aniqlaydi.» Bundan kelib chiqilsa, har bir iste’molchi (abonent) har oyda bir marotaba 20 kg hajmdagi suyultirilgan uglevodorod gazi balloni bilan ta’minlanishi kerak. Lekin amaliyotdachi?

Qo‘shtepa tumanida yashovchi iste’molchi T.J. o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallaga oxirgi marotaba suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganiga 2 oydan oshiq vaqt bo‘lganligidan norozi bo‘lib Federatsiya telegram boti orqali murojaat yo‘llagan. Murojaat o‘rganilib, iste’molchilarga suyultirilgan uglevorod gazi yetkazib berilishi ta’minlangan bo‘lsada, bu birgina misol emasligini, suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish muddatlari (grafigi)ga amal qilinmasligi holatlari boshqa hududlarda ham mavjudligi va bu borada Federatsiya tizim tashkilotlariga tez-tez murojaatlar bo‘lib turganligini ham aytib o‘tish joizdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, gaz ta’minoti tashkilotlaridan, ayniqsa qishning hozirgi sovuq kunlarida, aholini belgilangan norma va muddatlarda suyultirilgan uglevorod gazi bilan ta’minlash, Hukumatimiz qarorlari bilan iste’molchilar va ijtimoiy soha ob’ektlari uchun yaratib berilgan samarali tizim va huquqiy asoslarning hayotga qat’iy tatbiq etilishi chora-tadbirlarini ko‘rilishini so‘rab qolamiz.

Zafarbek Mavlonov,
jamiyat mutaxassisi

Post Comment