Qonunchilik targ‘iboti tadbirlari muntazam o‘tkazib borilmoqda
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan joylarda turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari tashkillanib, ularda turli korxona, tashkilot, idora va muassasalarda mehnat faoliyati olib borayotgan aholi vakillarining sohaga oid huquqiy bilimlari oshirib borilmoqda. Viloyatning Toshloq, Uchko‘prik va Qo‘shtepa tumanlarida o‘ktazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Toshloq tumani
Tuman jamiyati tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘tkazilgan «Huquqiy bilim bilan huquqiy madaniyat sari» mavzusida o‘quv seminari hamda Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida o‘tkazilgan «Inson huquqlarini ta’minlashda jamoat birlashmalarining o‘rni» mavzusida davra suhbatlarida mamlakatimizning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid qonunchiligi asoslari, qonunchilik ijrosini ta’minlashda fuqarolik jamiyatlarining tutgan o‘rni va roli, bu boradagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning ahamiyati kabi masalalarda tushuntirishlar, shuningdek Federatsiya tizim tashkilotlarining bu boradagi faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirkochilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Uchko‘prik tumani
Tuman jamiyati tashabbusi bilan 19-umumta’lim maktabi, 61-oilaviy poliklinika, 3 va 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishchi xodimlari ishtirokida tashkillangan «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusidagi targ‘ibot tadbirlarida «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunchilik, unga ko‘ra iste’molchi hamda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)larning huquq va majburiyatlari, qonunbuzilishi holatlariga duch kelinganda iste’molchi tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar, unga huquqiy va amaliy yordamlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda ularga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytarildi.
Qo‘shtepa tumani
Tumandagi 15-Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan tadbir «Sifat va xafsizlik – iste’molchining asosiy talabi» mavzusiga bag‘ishlanib, unda maktab xodimlariga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun bo‘yicha iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, erkin tanlash va tegishli darajada sifatli bo‘lishini hamda xavfsiz bo‘lishini, hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning o‘rni to‘liq hajmda qoplanishini talab qilish kabi huquqlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Tadbir doirasida ishitrkochilarning soha hamda uni rivojlantirishga oid fikr va mulohazalari hamda takliflari tinglandi.



Post Comment