Vatan himoyachisining ota-onasi sharaflandi
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchilar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuning bilan birgalikda, ushbu jarayonda respublikamiz hududidagi turli harbiy qismlarda o‘z sharafli xizmatlarini namunali va munosib tarzda davom ettirayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari e’tibordan chetda qolayotganlari yo‘q.
Qo‘shtepa tumanining «Paxtakor» mahalla fuqarolar yig‘inida tug‘ilib o‘sgan va bugungi kunda Toshkentdagi xarbiy qismlardan birida harbiy xizmat olib borayotgan vatan himoyachisi ham shular jumlasidandir. Qutlug‘ sana munosabati bilan harbiy xizmatchining xonadoniga tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi M.Saidova hamrohligida tashrif buyurgan tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O.Hamraev harbiy xizmatchining o‘z faoliyatida erishayotgan yutuqlari uchun uning ota-onasiga ajratilgan ko‘krak nishonini uning 96 yoshli buvisiga topshirishdi.
Harbiy xizmatchilarning ota-onalariga ko‘rsatilayotgan bu kabi g‘amxo‘rlikdan ruhlangan nuroniy onaxon mamlakat rahbarlariga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun tashakkur bildirib, yurt tinchligi va el omonligi uchun duoga qo‘l ochdilar.
Zafarbek Mavlonov,
jamiyat mutaxassisi.



Post Comment