Korxona, tashkilot, idora va muassasalar xodimlari o‘rtasida qonunchilik targ‘iboti tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari mas’ullari tomonidan hududlaridagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda bo‘lib, ularda faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida turli shakllardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Beshariq, Qo‘shtepa, Toshloq va Yozyovon tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Beshariq tumani
Tuman jamiyati tashabbusi bilan 28-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Men – yosh iste’molchiman» mavzusida davra suhbati tashkillanib, unda yosh iste’molchilar – bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ularni hayotga samarali joriy etish, yosh iste’molchilarning huquqlari masalalarida fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi. Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda ta’lim maskani va tuman jamiyati o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish masalalari o‘rtaga tashlandi.
Qo‘shtepa tuman
Tuman Tibbiyot birlashmasiga qraashli Ftiziopulmonologiya bo‘limi xodimlari bilan uchrashgan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tibbiyot xodimlariga amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli idoralarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar.
Toshloq tumani
Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Diagnostika bo‘limida tashkillangan «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusidagi davra suhbati doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, ularni hayotga keng tatbiq etish, bu boradagi qonuchilik ijrosi ustidan samarali jamoachtiilk nazoratini olib borishda davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari o‘rtaisdagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlikning o‘rni va ahamiyati masalalariga to‘xtalib o‘tildi
Yozyovon tumani
Tuman aholisiga chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Vodiy maxsus trans» MChJ ishchi xodimlari bilan uchrashgan jamiyat mutasaddilari iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tib, tashkilot qoshida Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.



Post Comment