Ijtimoiy soha tashkilotlarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Ijtimoiy soha tashkilotlarida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Federatsiyaning Farg‘ona shahar hamda Beshariq tuman jamiyatlari tomonidan ijtimoiy soha tashkilotlarida amaldagi qonunchilik targ‘iboti, qonun ijrosini ta’minlash ishida jamoatchiilkning keng ishtiroki masalalarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona shahri

Shahar jamiyati tashabbusi bilan viloyat teri-tanosil kasalliklari shifoxonasida tashkillangan tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonun ijrosini ta’minlashda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi hamda «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlari bilan yaratib berilgan huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanish, buning uchun tibbiyot tashkilotida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Beshariq tumani

Tumandagi 19-umumta’lim maktabi pedagogik jamoasi ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, amaldagi qonunchilik ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati borasidagi ishlar bo‘yicha keng axborotlar berib o‘tildi. Tadbir doirasida ta’lim tashkilotida Federatsiya tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Post Comment