Qonun ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik munosabatlarining o‘rni va ahamiyati targ‘ib qilindi

Qonun ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik munosabatlarining o‘rni va ahamiyati targ‘ib qilindi

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan hududlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlarida mehnat faoliyati olib borayotgan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda davom ettirilmoqda. Toshloq hamda Farg‘ona tuman jamiyatlari tashabbuslari bilan tashkillangan tadbirlar shular jumlasidandir.

Toshloq tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi 49-umumta’lim maktabi mehnat jamoasi a’zolari bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqotda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunning tutgan o‘rni va ahamiyati, ta’lim muassasalari va Federatsiya tashkilotlari o‘rtasida olib boriladigan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlikning ta’lim muassasalari pedagog va texnik xodimlari uchun yaratib beradigan imkoniyatlari haqida so‘z borib, jamoa azolarining ushbu yo‘nalishdagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglandi.

Farg‘ona tumani

Tumandagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida ham iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tomonidan qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ular bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Post Comment