Iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida

Iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida

Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Mijoz – doim haq» degan tamoyil amal qiladi. Shunday bo‘lsada, iste’molchida amaldagi qonunchilik asoslari yuzasidan bilim va malakalarni bo‘lishi ushbu tamoyilni hayotga keng joriy qilish, qonunning joylardagi ijrosini ta’minlashda muhim va o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan, Federatsiya tizim tashkilotlari tomonidan turli tashkilot, korxona, idora va muassasalarda o‘tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ham, birinchi navbatda, ularning huquqiy bilimlarini oshirishni ko‘zda tutadi.

Uchko‘prik tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan hududdagi 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘linib, ushbu tashkilotda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar ishtirokida «Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun mazmun-mohiyati, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, muammoli vaziyatlarga duch kelganda qonun normalaridan foydalangan holda o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirish, bu borada iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatuvchi davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Qo‘shtepa tumani

Tuman jamiyati tashabbusi bilan hududdagi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan targ‘ibot tadbiri «Sifatli xizmat orqali jamiyatni rivojlantirish» deb nomlanib, unda tadbir ishtirokchilariga amaldagi qonunchilikning iste’molchilarning asosiy huquqlariga oid normalaridan o‘rinli va samarali foydalanish, bu borada muammolarga duch kelinganda iste’molchilar uhquqlarini himoya qilish vakolatiga ega bo‘lgan idoralarga murojaat qilish yuzasidan tushuntirishlar, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Post Comment