Yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirish yo‘lida

Yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirish yo‘lida

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Beshariq hamda Qo‘shtepa tuman jamiyatlari tomonidan hududlaridagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda bo‘lib, amaldagi qonunchilik asoslarini targ‘ibotini olib borish barobarida, ularda mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xizmatchilarni mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chorlanmoqda.

Beshariq tumani

Tuman jamiyati tomonidan Madaniyat bo‘limida tashkillangan tadbirda kun tartibidagi asosiy masala bo‘lim xodimlarini yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida ishtirok etishga chorlashdan iborat bo‘ldi. Bo‘lim xodimlariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati, Federatsiyaga a’zolik beradigan qulayliklar tushuntirildi. Tadbir yakunlari bilan bo‘lim jamaosi qarori bilan Federatsiya boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Qo‘shtepa tumani

Tumandagi 18-umumta’lim maktabi mehnat jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham pedagog xodimlarning iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatidagi ishtiroki borasida gap ketdi. Tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan maktab jamoasiga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, Federatsiyaga a’zolik beradigan qulayliklar tushuntirildi hamda ularni ijtimoiy harakatda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Post Comment