Maqsadimiz – fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish

Maqsadimiz – fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan joylarda amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini aholining keng qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Tuman hududidagi 28 hamda 33-umumta’lim maktablarida «Maqsadimiz – fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish» mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati shaklidagi tadbirlar shular jumlasidandir.

Tadbirlarda ishtirokchilarga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, muammoli vaziyatlarga duch kelganda qonun normalaridan foydalangan holda o‘z huquqlarini mustaqil himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirish, bu borada iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatuvchi davlat va jamoat tashkilotlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar hamda bu borada Federatsiya hamda uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilishi barobarida, ularnign sohaga oid fikr-mulohaza hamda takliflari ham tinglandi.

Post Comment