Iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirish yo‘nalishida ishlar olib borilmoqda

Iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirish yo‘nalishida ishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining viloyatdagi tizim tashkilotlari tomonidan hududlaridagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda targ‘ibot va tushuntirish yo‘nalishidagi tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati a’zolari saflarini kengaytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Quvasoy shahri

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining shahar bo‘limi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkillanib, unda Federatsiyanng viloyat hududiy birlashmasi hamda Qo‘mitaning viloyat boshqarmasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishiga daxldor bo‘lgan shahardagi ikki tashkilot o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida ishtirokchilarga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati yuzasidan axborot ham berib o‘tildi.

Qo‘shtepa tumani

Hududdagi sport maktabi jamoasi ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi. Tadbir yakunlari bilan maktab hamda Federatsiyaning tuman jamiyati o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ta’lim maskanida Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Farg‘ona tumani

Tumandagi 53-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davra suhbati tashkillanib, unda Federatsiyaning tuman tashkiloti bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu bilan qonunchilik ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash ishiga hissa qo‘shish, ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning iste’molchilik sohasiga oid muammolarini samarali hal etishga erishish kabi masalalarda fikr va mulohazalar almashildi.

Post Comment