Farg‘ona viloyatida tizim tashkilotlari tomonidan «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyatida tizim tashkilotlari tomonidan «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni»ga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyatida 15-mart – «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni» munosabati bilan tizim tashkilotlari tomonidan Federatsiya tayanch guruhlari faoliyat olib borayotgan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Marg‘ilon shahri

Marg‘ilon shahridagi Axborot-resurs markazida tashkillangan tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 15-mart kunini «Butunjahon iste’molchi huquqlari kuni» deb e’tirof etilishi tarixi, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va taraqqiyoti, bu boradagi qonunchilik hamda uning ijrosiga mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlarining vazifalari, iste’mol sohasiga oid muammolarga duch kelinganda ularga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.

Toshloq tumani

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkillangan tadbir ham iste’molchilar uchun muhim sanaga bag‘ishlandi. Tadbirda Federatsiya tayanch guruhi faollari bilan mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatining bugungi holati tahlil qilinib, ijtimoiy harakatni yanada rivojlantirish, uning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish, bu bilan qonunchilik ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlashga erishish, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yozyovon tumani

Yozyovon tumanidagi Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida tashkillangan o‘quv seminarida ham iste’molchilik ijtimoiy harakati tarixi va taraqqiyoti, O‘zbekiston Respublikasida bu boradagi qonunchilikni vujudga kelishi hamda xalqaro huquq normalarini e’tirof etilishi, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining jahon iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatidagi ishtiroki masalalarida so‘z bordi.

Post Comment