Dalolatnoma asosida hisoblangan zarar summasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi

Dalolatnoma asosida hisoblangan zarar summasi noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan shaharning Bozor ko‘chasida yashovchi iste’molchi B.E. elektr ta’minoti korxonasi tomonidan uning xonadoniga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan 34 058 088 so‘m qarzdorlik da’vo qilinayotganligini, holatni o‘rganib chiqib, amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragandi.

Murojaat o‘rganilishi davomida jamiyat mutaxassislari tomonidan shahar elektr ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritildi. Olingan javob xatida ma’lum qilinishicha, xonadonda elektrdan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha 13.10.2025 yilda tuzilgan dalolatnomada ulangan quvvat noto‘g‘ri belgilanishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi ham noto‘g‘ri hisoblanishiga sabab bo‘lgan. O‘rganish ishlari davomida olib borilgan qayta hisob-kitob ishlarida xonadondagi aniqlangan quvvat asosida hisoblashlar o‘ktazilganda, yetkazilgan zararning real summasi 1 157 068 so‘mni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan va 34 058 088 so‘m miqdoridagi asoslanmagan qarzdorlikni xatlov orqali bartaraf qilish choralari ko‘rilgan.

O‘z murojaatini shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi ishlaridan qoniqish hosil qilgan iste’molchi, qayta hisob-kitob ishlarida aniqlangan real zarar summasini to‘lab berishi bilan muammo to‘liq bartaraf etildi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment