«Yoshlar kuni»da tibbiyot oliygohining bir guruh talabalari bilan suhbatlashildi

«Yoshlar kuni»da tibbiyot oliygohining bir guruh talabalari bilan suhbatlashildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mas’ul xodimlari tomonidan haftaning har payshanba kunlari «Yoshlar kuni» tadbirlari doirasida ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlar bilan uchrashilib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasiga oid turli masalalarda suhbatlar o‘tkazib borilmoqda.

Bu galgi uchrashuv Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot institutining bir guruh 1-bosqich talabalari bilan yuzma-yuz suhbat shaklida tashkillandi. Undagi asosiy mavzu bugungi internet keng rivojlangan davrda moliyaviy hamda media savodxonlik, internetdagi turli firibgarliklardan ogoh bo‘lish, bu borada muammolarga duch kelinganda amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar hamda vakolatli idoralarga murojaat qilish tartiblari to‘g‘risida bo‘ldi. Suhbat doirasida yoshlarni bu boradagi fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar qaytarildi.

Post Comment