Ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot ishlari olib borildi

Ta’lim tashkilotlarida targ‘ibot ishlari olib borildi

Tizim tashkilotlari tomonidan ta’lim sohasi tashkilotlarida mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlarning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimlarini oshirish va soha yangiliklaridan xabardorligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Beshariq tumani

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan 24-umumta’lim maktabi jamoasi ishtirokida tashkillangan tadbirda ta’lim tashkiloti xodimiga iste’molchilik ijtimoiy harakatidagi ishtirokning ahamiyati va afzalliklari, iste’mol sohasiga oid masalalarda kundalik turmush jarayonida duch kelinadigan muammolarga yechim topishda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy va amaliy yordamlar yuzasidan tushuntirishlar hamda joriy yilning o‘tgan davrida tizim tashkilotlari tomonidan aholining sohaga oid huquqiy bilimini oshirish, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi natijalari yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

Toshloq tumani

Sport maktabi jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid so‘nggi yangiliklar, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ularning huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirishda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarini tutgan o‘rni va roli, qonunchilik ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati natijalari, iste’molchilarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar hamda ularni o‘rganib chiqilishi natijalari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Quvasoy shahri

Hududdagi 22-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi bilan uchrashgan Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari muassasa xodimlariga Federatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, korxona, tashkilot, idora va muassasalarda Federatsiya tayanch guruhlarini tashkillash hamda ularning faoliyati asoslari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra mazqur muassasada Federatsiyaning tayanch guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Yozyovon tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini jamiyati mas’ullari hamda 8-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokidagi uchrashuvda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hamda iste’molchilik ijtimoiy harakatiga taalluqli masalalardagi so‘nggi islohot va yangiliklar, aholining murojaatlari bilan ishlash natijalari, qonunchilik asosida olib borilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari yakunlari haqida axborotlar berib o‘tilib, sohaga daxldor masalalarda fikr va mulohazalar almashildi.

Previous post

Aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hujjatlarini keng targ‘ib qilish, aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi quyi tuzilmalari tomonidan ushbu yo‘nalishda tizimli ishlar olib borilmoqda. Marg‘ilon shahri Shahardagi 1-Tibbiyot texnikumida tashkillangan tadbir ham aynan amaldagi qonunchilik targ‘iboti, ishtirokchilarning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirish, ularning Federatsiya tashkilotlari faoliyatidan xabardorligini ta’minlash maqsadini ko‘zladi. Tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, shuningdek fuqarolarning sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchiliklarga muvofiq iste’molchi (bemor)lar huquqlari, tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning ma’lumot olish, xizmatlarning tegishli sifatda va xavfsiz bo‘lishi borasidagi huquqlarini ta’minlab berilishi masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi. Furqat tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaldagi qonunchilik targ‘ibotini olib borish, ishchi xodimlarning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirish yo‘li bilan mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati saflarini kengaytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Shoyimbek oilaviy shifokorlik punkti tibbiyot xodimlari o‘rtasida olib borilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari va natijada muassasada Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti (tayanch guruhi) faoliyatini yo‘lga qo‘yilganini tuman jamiyati tomonidan mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samarasi sifatida misol qilib keltirish mumkin.

Post Comment