Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etildi

Oltiariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tayanch guruhlari faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda jamiyatning 2021–2025 yillar davomidagi faoliyati natijalari sarhisob qilinib, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda hisobot davrida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarga yechim topish hamda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

Muloqot jarayonida tayanch guruhlari faollarining iste’molchilik madaniyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish va iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni aniqlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, jamiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, tayanch guruhlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va iste’molchilar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tuman hududida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan jamoatchilik faoliyatini izchil davom ettirish, huquqiy targ‘ibot ishlarini kengaytirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga doir vazifalar belgilab olindi.

Post Comment