Nuqsonli lampa almashtirildi: iste’molchining murojaati e’tiborsiz qolmadi

Nuqsonli lampa almashtirildi: iste’molchining murojaati e’tiborsiz qolmadi

Yozyovon tumanida fuqaroning xarid qilingan tovar sifatiga oid murojaati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Gap 2026 yil 8 sentyabr kuni tuman markazidagi kunlik bozor yonida joylashgan elektr jihozlari savdo do‘konidan 275 ming so‘mga xarid qilingan elektr lampasi haqida bormoqda. Xariddan so‘ng lampaning nuqsonli ekani aniqlangach, iste’molchi uni qaytarib berish yoki almashtirishni so‘ragan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida savdo faoliyati va iste’molchiga ko‘rsatilgan xizmat holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida tadbirkorga amaldagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirilib, sotuvchining majburiyatlari eslatildi. Natijada sotuvchi iste’molchiga sifatli yangi lampani almashtirib berdi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy yordam asosida hal etildi va bu haqda unga rasmiy javob xati yuborildi. Mazkur holat iste’molchi xarid qilgan tovarining sifatiga shubha tug‘ilganda, muammoni inkor etmasdan, o‘z huquqlarini qonuniy tarzda himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Post Comment