2 MILLION 900 MING SÖMLIK QARZDORLIK HISOBDAN ÇIQARILDI: ISTE’MOLÇI MUAMMOSI HAL ETILDI
Iste’mol qilingan içimlik suvi uçun hisoblangan qarzdorlikka şubha tuğilsa, befarq bölmaslik kerak. Çunki öz vaqtida qilingan murojaat va qayta hisob-kitob orqali asossiz qarzdorlikni bartaraf etiş mumkin.
Farğona tumani Döstlik mahallasida yaşovçi fuqaro M.Q. içimlik suvi uçun hisobida 2 million 900 ming söm qarzdorlik paydo bölganidan norozi bölib, Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federasiyasining 1091 qisqa raqamli işonç telefoniga murojaat qildi.
Fuqaroning bildirişiça, xonadonda iste’mol qilingan içimlik suvi uçun hisoblangan mazkur qarzdorlik haqiqatga mos kelmagan. Uşbu holatga aniqlik kiritiş uçun amaliy yordam söragan iste’molçi murojaati Farğona tuman iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan örganişga olindi.
Masala yuzasidan «Farğona suv ta’minoti» AJning tuman bölimiga sörov xati yuborilib, iste’molçining hisob-kitoblari va murojaatida körsatilgan holatlarga aniqlik kiritiş söraldi.
Korxona taqdim etgan rasmiy javobga köra, tegişli mutaxassislar tomonidan abonentlar bölimi ma’lumotlari asosida qayta hisob-kitob amalga oşirilgan. Natijada, fuqaro hisobida aks etgan 2 million 900 ming söm qarzdorlik çiqarib yuborilgan.
Şu bilan birga, 2026-yil 2-noyabr holatiga köra, qayta hisob-kitobdan keyin iste’molçining 179 ming 481 söm miqdorida haqdorligi mavjudligi ma’lum qilingan. Bu haqda suv ta’minoti korxonasining 3-noyabrdagi rasmiy javobida ham qayd etilgan.
Bunday holatlarga duç kelganda iste’molçilar nimalarga e’tibor berişi kerak?
Uşbu holat içimlik suvi va boşqa kommunal xizmatlar uçun hisob-kitoblarni muntazam nazorat qilib boriş muhimligini körsatadi.
Agar hisobingizda kutilmagan qarzdorlik paydo bölsa:
– şaxsiy hisobvaraqdagi ma’lumotlarni tekşiring;
– suv hisoblagiçi körsatkiçlarini qayd etib boring;
– tölov çeklari va kvitansiyalarni saqlang;
– hisob-kitobda xatolik bor deb hisoblasangiz, xizmat körsatuvçi korxonaga yozma murojaat qiling;
– muammo hal etilmasa, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlaridan huquqiy va amaliy yordam sörang.
Yodda tuting: kommunal xizmatlar uçun hisoblangan har qanday qarzdorlikni tekşiriş va uning asosliligini aniqlaş iste’molçining huquqidir. Hisob-kitobda xatolikka duç kelsangiz, bunga befarq qaramang — huquqingizni himoya qiliş uçun öz vaqtida murojaat qiling.



Post Comment