Qolipli non: huquq va majburiyatlar targʼiboti

Qolipli non: huquq va majburiyatlar targʼiboti

Olib borilayotgan tushuntirish va targ`ibot ishlari davomida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda:
Qolipli non mahsulotlarini sotayotgan savdo do`konlarida amaldagi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning 5 va 6-moddalarida ko`rsatib o`tilgan isteʼmolchining tovar va uning ishlab chiqaruvchisi haqida o`z vaqtida zarur, to`g`ri va aniq maʼlumot olish huquqi taʼminlab berilishi lozim.
Qadoqlanmagan holda sotilayotgan qolipli non mahsulotlari narxnomasida:
-tovarning nomi;
-ishlab chiqaruvchisi;
-sorti;
-vazni;
-narxi haqidagi maʼlumotlar bo`lishi shart.
Shuningdek, qadoqlanmagan holda sotilayotgan qolipli non mahsulotlari peshtaxtasiga realizatsiya qilinayotgan qolipli nonning isteʼmol xususiyatlari haqidagi maʼlumot qo`yilishi kerak, unda 100 gramm og`irlikdagi mahsulotning energetik va oziqlilik qiymati ko`rsatilgan bo`lishi lozim.
Isteʼmolchiga sotib olingan tovar sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirib olish imkoniyati yaratib berilishi kerak (qonunning 8-moddasi)..
Oldi-sotdi amalga oshirilgach isteʼmolchiga, albatta, kassa yoki tovar cheki berilishi shart (qonunning 10-moddasi).

Post Comment