Federatsiya xodimlariga tashakkurimni izxor qilaman
Rishton tumani Qozi Axror ko‘chasida yashovchi X.Yigitalieva Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona kapital invest” MChJga qarashli do‘kondan «Asus» rusumli noutbukni 5092000 (besh million to‘qson ikki ming) so‘mga sotib olgan. Lekin foydalanish jarayonida noutbukda nuqsonlar borligi ma’lum bo‘lgan. Iste’molchi nuqsonli tovar bilan bog‘liq masalani o‘z kuchi bilan hal qila olmagach, amaliy yordam so‘rab Federatsiya tizimi tashkilotlariga murojaat qilgan.
Iste’molchi murojaatini o‘rganish jarayonida savdo do‘koni mas’ullariga amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun tegishli moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan, iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari, nuqsonli tovarni almashtirib berish, bepul ta’mirlatish, shartnomani bekor qilish, tovarning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik, ma’naviy zarar uchun haq to‘lash bo‘yicha normalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi shartnomani bekor qilish va noutbuk uchun to‘langan pulni iste’molchiga qaytarishga erishildi.
“Menga nisbatan bo‘lgan nohaqlik, ya’ni iste’molchilik huquqlarim buzilgan holatda, to‘g‘ri tushuntirishlar berib, ishni mening foydamga ijobiy hal qilib berganliklari uchun Federatsiya xodimlariga o‘z tashakkurimni izxor qilaman. Arizam to‘liq qanoatlantirildi va pul mablag‘ini qaytarib olganimdan mamnunman”, – deydi X.Yigitalieva o‘rganish natijalari bo‘yicha shahar jamiyatiga yozib bergan Tashakkurnomasida.
Shermurod Oxunov
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment