Targ‘ibot ishlari doirasidagi mehr-muruvvat tadbirlari
Umidjon Oltiariq tumani Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiladi.
18 yoshni qarshi olayotgan, guruh nogironligiga ega bo‘lgan bu yigit, albatta, oila a’zolari va yaqinlarining doimiy g‘amxo‘rligidan bebahra emas. Tuman hokimligi, mahalla ahli ham unga qo‘lidan kelgancha yordamlarini ko‘rsatib keladi.
Bugun Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi, tuman Kengashi deputati Baxtiyor Abduraxmonov ham Umidjonni holidan xabar oldi, shu bahonada, uning oila a’zolari bilan ham suhbatlashib, ularning iste’molchilik sohasiga oid muammolarini o‘rgandi.
Rasmda B.Abduraxmonovning Umidjon bilan suhbati jarayoni
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment