Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida

Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi 1-umumta’lim maktabi va 4-maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida tashkillangan targ‘ibot tadbirlari shunday nomlandi.

Bosh Qomusimizning 53-moddasida iste’molchi huquqining ustunligi belgilab qo‘yilgan, shundan kelib chiqqan holda amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasiga ham davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlashi to‘g‘risida alohida normalar kiritilgan.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan yurtimizda iste’molchilarga yaratilgan ana shu imkoniyat va sharoitlar to‘g‘risida, qolaversa iste’molchilarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan aholining xabardorligini oshirish maqsadida hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Nomi zikr etilgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan tadbir doirasida iste’molchilarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan ma’lumotlarni berilishi barobarida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tildi hamda tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Raufjon Tuychiyev
Dang‘ara tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment