Ta’lim dargohlarida tadbirlar o‘tkazilmoqda
Tizimda e’lon qilingan “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi” doirasida Uchko‘prik tuman jamiyatimiz mas’ullari tumandagi 46-umumta’lim maktabida “Iste’molchi kim? Uning huquq va burchlari nimalardan iborat?» mavzusida o‘quv seminar o‘tkazishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga jamiyat raisi L. Shodmonov va mutaxassis N. Sheralievalar batafsil javoblar qaytarishdi.
Shu kuni 23-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida tashkillangan “Iste’molchilik huquqingizni bilasizmi?» mavzusidagi o‘quv seminarida ham barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, sohaning dolzarbligi va bu boradagi huquqiy bilimning ahamiyati, qonun ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, unda Federatsiya a’zolarining ishtiroki masalalarida atroflicha fikr va mulohazalar bildirildi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment