Maktabgacha ta’lim dargohlari tarbiyachilari bilan uchrashuvlar tashkillandi

Maktabgacha ta’lim dargohlari tarbiyachilari bilan uchrashuvlar tashkillandi

O‘zbekiston tumanidagi 60 va 61-maktabgacha ta’lim dargohlari mehnat faoliyati olib borayotgan tarbiyachi va murabbiylar ishtirokida tashkillangan tadbirlar «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» deb nomlandi.

Tadbirlar davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati va ularning ijrosi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berish barobarida, ana shu qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarining ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarining tutgan o‘rni va ahamiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment