Tibbiyot tizimi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi

Tibbiyot tizimi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi

Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hududdagi korxona, tashkilot, idora va umassasalar ishchi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda.

Bugun tuman jamiyati mas’ul xodimlari Quyi Zarqaynar va Toshariq mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika tasarrufidagi shifokorlar xizmat uylarida bo‘lishib, ushbu muassasalarda mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdilar.

Uchrashuvlarda tayanch guruhlari va a’zolarining iste’molchilik ijtimoiy harakati va Federatsiya faoliyatidagi ishtiroki, faol fuqarolarni ijtimoiy harakatga jalb etish, tayanch guruhlari va aholi (iste’molchilar)ning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish, Federatsiya Ustavi va ichki tartibiy hujjatlari bilan belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish borasida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi Xamidjon Axmedov tomonidan javoblar qaytarildi.

Ulug‘bek Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment