Huquqiy bilimli bo‘lish davr talabi

Huquqiy bilimli bo‘lish davr talabi

«Iste’molchi kim? Uning huquq va burchlari nimalardan iborat?» mavzusida Uchko‘prik tumanidagi 2-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab internatida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqiy va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risiad”gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va rivojlanishi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunchilik ijrosini ta’minlash, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar berib o‘tildi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment